"Farzandimni DATA xalqaro maktabiga bersam, universitetga kirishi kafolatlanadimi?"

Bu bizga eng ko‘p beriladigan savollardan biri.
Javob oddiy: universitetga qabulni hech bir maktab kafolatlay olmaydi. Chunki yakuniy qaror o‘quvchining bilim darajasi, imtihon natijalari va amaldagi davlat tartiblariga bog‘liq.
Lekin shuni ishonch bilan ayta olamiz: DATA xalqaro maktabi o‘quvchini yuqori natijaga olib boradigan ta'lim tizimini yaratadi.
Bizda SAT va IELTS tayyorgarligi maktabning yuqori sinflaridagina emas, balki o‘quvchining kelajagini oldindan rejalashtirish tamoyili asosida bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilgan. Har bir o‘quvchi muntazam diagnostika, individual rivojlanish rejasi va tajribali ustozlar nazorati ostida xalqaro imtihonlarga tayyorlanadi.
Buning natijasi raqamlarda ham ko‘rinadi. DATA Xalqaro maktabi o‘quvchilari orasida atigi 5 oy ichida SAT natijasini 1000 balldan 1200 ballgacha oshirishga erishgan o‘quvchilar bor. Bu tasodif emas, balki to‘g‘ri metodika, muntazam nazorat va o‘quvchining mehnati natijasidir.
Yana bir muhim jihat - DATA xalqaro maktabi rasmiy SAT test markazi hisoblanadi. Bu esa o‘quvchilarga o‘zlari tayyorlangan muhitda, ortiqcha stresssiz rasmiy SAT imtihonini topshirish imkonini beradi.